Voqealar
04.11.2025
|
251
MOXI Afgʻoniston “tahlil markazlari” bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqda
Astana Think Tank Forum 2025 doirasida Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) direktori Javlon Vahabov Afgʻoniston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Strategik tadqiqotlar markazi direktori Vohid Shohin bilan amaliy uchrashuv oʻtkazdi.
Tomonlar Oʻzbekiston va Afgʻonistonning tahliliy tuzilmalari oʻrtasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

Suhbat davomida Vohid Shohin MOXI direktorini Afgʻonistonga tashrif buyurishga taklif etib, barqaror rivojlanish va mintaqaviy xavfsizlik masalalarida muvozanatli yondashuvlarni ishlab chiqish maqsadida oʻzbek hamkorlari bilan ochiq va konstruktiv hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga qiziqish bildirdi.

Suhbat yakunida tahliliy markazlar oʻrtasidagi hamkorlik butun mintaqa manfaatlariga xizmat qilishi, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afgʻoniston oʻrtasidagi ishonch hamda oʻzaro tushunishni mustahkamlashga hissa qoʻshishi taʼkidlandi