Suhbat davomida “Markaziy Osiyo – SICA” mintaqalararo muloqotini shakllantirish istiqbollari, Markaziy Amerikadagi integratsiya jarayonlari tajribasi, shuningdek ekspertlar darajasidagi o’zaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, integratsiya, xavfsizlik, migratsiya va barqaror rivojlanish masalalarida tizimli fikr almashinuvi, qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish va kelishilgan tavsiyalar ishlab chiqish uchun mintaqalararo tahliliy markaz tashkil etish imkoniyati koʻrib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ikki mintaqalar yetakchi tahliliy markazlari oʻrtasida institutsional hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga kelishib oldilar.
SICA (Sistema de la Integración Centroamericana) - Markaziy Amerikaning 8 davlati (Beliz, Gvatemala, Gonduras, Kosta-Rika, Nikaragua, Panama, Salvador va Dominikan Respublikasi) integratsiya birlashmasi boʻlib, 1991 yilda tashkil etilgan. Prezidentlar sammiti, Vazirlar kengashlari, Markaziy Amerika parlamenti va Markaziy Amerika Adolat sudi birlashmaning asosiy organlari bo’lib hisoblanadi.