Voqealar
21.02.2026
|
274
MOXI direktori AQShning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi
Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) direktori Javlon Vaxabov AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston - AQSH hamkorligining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashda ekspertlar muloqotining o‘rniga alohida e’tibor qaratildi.

Javlon Vaxabov O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi sheriklik tobora barqaror va chuqurlashib borayotganligini, bu ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi o‘zaro ishonchning mustahkamlanishi va asosiy tarmoqlarda qo‘shma tashabbuslarning amalga oshirilishini aks ettirishini ta’kidladi.

Jonatan Xenik o‘tgan 2025-yil yil ikki tomonlama hamkorlik uchun mustahkam poydevor yaratganligi va aniq kun tartibini belgilab berganligini ta’kidlab, O‘zbekiston va AQSH Prezidentlarining to‘rtta uchrashuvi va ikkita telefon muloqotiga to‘xtalib o‘tdi.

Elchi, shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi roli ortib borayotganligini ta’kidlab, Prezidentimizning Mayamida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitiga taklif etilishi va 19-fevral kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tgan Tinchlik kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etishini qayd etdi.

Uchrashuv yakunida shu yilga mo‘ljallangan bo‘lajak qo‘shma tadbirlar, jumladan, ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha tematik konferensiyalar va ekspert uchrashuvlar muhokama qilindi.




Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom