Uchrashuv davomida parlamentlararo diplomatiyani mustahkamlash hamda Markaziy Osiyo va Shimoliy Yevropa mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Javlon Vaxabov Finlyandiya Shimoliy mintaqada parlament darajasida Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan maxsus Do‘stlik guruhini tashkil etgan ilk davlatlardan biri ekanligini ta’kidladi.
Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy va iqtisodiy muloqot faollashib borayotgan bir paytda parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Finlyandiyaning parlament demokratiyasi, qonun ustuvorligi hamda fuqarolik erkinliklarini ta’minlash borasidagi tajribasi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan qonunchilik faoliyatini modernizatsiya qilish jarayonlari uchun katta qiziqish uyg‘otishi qayd etildi.
Ville Skinnari o‘tgan yil oktabr oyida Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubbning O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi davomida davlat rahbariga hamrohlik qilgan.