Uchrashuvda ikki institut o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari, jumladan qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish hamda o‘zaro manfaatli mavzular bo‘yicha onlayn muhokamalar tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

MOXI direktori Javlon Vaxabov Markaziy Osiyo va Buyuk Britaniya o‘rtasida yuqori darajadagi aloqalar mustahkamlanib borayotgan bir sharoitda “Markaziy Osiyo – Buyuk Britaniya” hamkorlik formatini ishga tushirish uchun qulay sharoitlar shakllanayotganini ta’kidladi.

Shu munosabat bilan ushbu jarayonlarni ekspert jihatdan qo‘llab-quvvatlash, jumladan “Markaziy Osiyo – Buyuk Britaniya” tahliliy markazlarining birinchi forumini tashkil etish zarurati ortib borayotgani qayd etildi.
O‘z navbatida, Greguar Rus ekspert muloqotini rivojlantirishga, jumladan qo‘shma tahliliy va muhokama tadbirlarini tayyorlash va amalga oshirishda ishtirok etishga tayyor ekanini bildirdi.
