Voqealar
16.12.2025
|
236
MOXI direktori Ozarbayjon Xalqaro munosabatlar tahlili markazi rahbari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi
Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori Javlon Vaхabov Ozarbayjon Xalqaro munosabatlar tahlili markazi boshqaruvi raisi Farid Shafiyev bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Ozarbayjonning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari formatiga qo‘shilishi munosabati bilan tahliliy tuzilmalar o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari, shuningdek, ikki mamlakat tahliliy markazlari o‘rtasida sheriklikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Ekspertlik yondashuvlarni muvofiqlashtirish, qo‘shma tahliliy materiallar tayyorlash hamda xalqaro ekspertlar uchrashuvlarida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

MOXI va Xalqaro munosabatlar tahlili markazi o‘rtasidagi hamkorlik 2023-yil 8-avgustda imzolangan Hamkorlik to‘g‘risidagi bitim doirasida amalga oshiriladi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom