Suhbat davomida diplomatik missiya rahbari 2023 yil iyul oyida Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz davlatlari rahbarlarining birinchi sammiti yakunlari muhimligini ta’kidladi. Elchi, Qatar ushbu formatdagi strategik muloqotni yo‘lga qo‘yish tashabbusini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab, bu mintaqalar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni, shuningdek, Ko‘rfaz davlatlarining Markaziy Osiyodagi sarmoyaviy loyihalarini kengaytirish imkonini berishini ta’kidladi.
Diplomat O‘zbekiston bilan Qatar o‘rtasidagi barcha sohalarda jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan munosabatlar darajasini yuqori baholadi. O‘tgan yili oliy darajadagi uchta o‘zaro tashrif amalga oshirilgani ikki tomonlama munosabatlar tarixida muhim voqea bo‘lib, hamkorlik rivojiga kuchli turtki bo‘lgani ta’kidlandi.
Uchrashuvda 2023 yil dekabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha oliy xalqaro mukofotni topshirishning yettinchi marosimiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Elchining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashda tizimli huquqiy va institutsional islohotlar amalga oshirilmoqda. U yangi O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylanganini e’tirof etib, bu Qatarning mamlakatimiz poytaxtida tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish tashabbusini ilgari surishiga xizmat qilganini alohida ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida Hasan Hamza Hoshim MOXI va Qatarning Doha tadqiqot markazi va Qatar Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Diplomatik akademiyasi kabi yetakchi tahliliy muassasalari oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatishga koʻmaklashishga tayyorligini bildirdi.