Voqealar
14.03.2026
|
299
MOXI direktori STM direktori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Joriy yilning 12-mart kuni Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) direktori Javlon Vahobov Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar markazi (STM) direktori Xayriddin Usmonzoda bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida O'zbekiston-Tojikiston munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, ikki mamlakat tahliliy markazlari o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.

MOXI direktori Javlon Vahobov ikki davlat aql markazlari o‘rtasida amalda bo‘lgan o‘zaro anglashuv memorandumi o‘zbek-tojik kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan ekspert fikr almashuvini muntazam yo‘lga qo‘yish uchun mustahkam asos yaratishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “aql” markazlar davlat tuzilmalari va ekspert hamjamiyati o‘rtasida muhim bog‘lovchi bo‘g‘in vazifasini bajaradi.

O‘z navbatida, STM direktori Xayriddin Usmonzoda so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar misli ko‘rilmagan darajada yuksalganini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, bu holat tomonlarning o‘zaro manfaatli hamkorlikka sodiqligini namoyon etayotgan aniq amaliy qadamlar bilan tasdiqlanmoqda. Shuningdek, u ikki tomonlama hamkorlikni ekspert jihatdan qo‘llab-quvvatlashda tahliliy markazlarning beqiyos ahamiyatini alohida qayd etdi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, tomonlar MOXI va STM o‘rtasida 2026-yilga mo‘ljallangan qo‘shma Harakatlar rejasini kelishib oldilar hamda amaliy va ekspert-tahliliy hamkorlikni izchil kengaytirishga bo‘lgan o‘zaro qiziqishni tasdiqladilar.



Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom