Suhbat davomida qo‘shma muhokamalar o‘tkazish, ekspertlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish va MOXI mutaxassislarining Kembrij universitetidagi akademik tadbirlarda ishtirok etishi imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Markaziy Osiyo va Buyuk Britaniyaning yosh tadqiqotchilari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish muhimligi alohida qayd etildi.
J. Vaxabov davriy aloqalardan bilimlarni birgalikda yaratishga o‘tish zarurligiga e’tibor qaratdi. Bunday yondashuvda Markaziy Osiyo mamlakatlari ekspertlari nafaqat tadqiqot obyekti, balki ularning teng huquqli mualliflari sifatida ham ishtirok etadi.
S. Saksena MOXI bilan bevosita aloqalarni rivojlantirish va Kembrij Markaziy Osiyo forumining akademik tarmog‘i orqali qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishga qiziqish bildirdi. Ishchi aloqalarni davom ettirish va amaliy hamkorlikning dastlabki yo‘nalishlarini belgilashga kelishib olindi.