Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
13.10.2026
|
101
O‘zbekiston va Yaponiya kompaniyalari $4,2 milliardlik energetika loyihalarini muhokama qildi
O‘zbekiston Yaponiyaning Sumitomo Corporation va Shikoku Electric Power kompaniyalari bilan umumiy qiymati $4,2 milliard bo‘lgan qo‘shma loyihalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi. Ular Samarqand viloyatida quyosh elektr stansiyalari, Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyalari hamda energiya saqlash tizimlarini barpo etishni nazarda tutadi.
Elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, elektr uzatish liniyalari uchun kabellar ishlab chiqarish va energetika sohasi uchun kadrlar tayyorlash hamkorlikning keyingi yo‘nalishlari sifatida belgilandi.
Batafsil: https://kun.uz/oz/news/2026/10/12/uzbekistan-seeks-to-advance-solar-and-wind-projects-with-japanese-partners