Hujjat siyosat, iqtisod va mintaqaviy xavfsizlik sohalarida qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish, oʻzaro tashriflar va doimiy aloqalarni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan masalalar boʻyicha qoʻshma tadbirlar tashkil etishni nazarda tutadi.
Tomonlar professional muloqotni rivojlantirish maqsadida tadqiqotlar bo’yicha sa’y-harakatlarini birlashtirish hamda Markaziy Osiyo davlatlari va Shimoliy kengash mamlakatlari o‘rtasida barqaror rivojlanish sohasida muvozanatli yechimlarni ishlab chiqish uchun qo‘shma platformalar yaratishdan manfaatdorligini bildirdi.
Martti Axtisaari Tinchlik jamg‘armasi — Finlyandiyaning Xelsinki shahrida joylashgan yetakchi tahliliy markaz hisoblanadi. U 2000-yilda Nobel tinchlik mukofoti sovrindori va Finlyandiyaning sobiq prezidenti Martti Axtisaari tomonidan tashkil etilgan. Jamg‘arma tinchlik o‘rnatish, nizolarni hal etish va dunyoning turli mintaqalarida barqaror tinchlikni ta’minlash yo‘lida faoliyat yuritadi.