Uchrashuv davomida tomonlar tahliliy tadqiqotlar, mutaxassislar tayyorlash va strategik rejalashtirish sohasida ilg‘or tajriba almashish bo‘yicha hamkorlik yo‘llarini muhokama qildilar.
J.Vaxabovning ta’kidlashicha, ikki ilmiy-tadqiqot muassasasi o‘rtasidagi samarali hamkorlik ushbu yo‘nalishlarda qabul qilinadigan qarorlar sifatini oshirish, kadrlar salohiyatini mustahkamlash va strategik rejalashtirishda zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga xizmat qiladi.
Tadbir doirasida, shuningdek, MOXI va Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu hujjat ikki tashkilot o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikka — qo‘shma tahliliy tadqiqotlar, ekspertlik anjumanlari, ta’lim va stajirovka dasturlariga asos yaratdi.
Tomonlar yuqori malakali tahlilchilarni tayyorlash, professional muloqotni rivojlantirish va O‘zbekiston hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarining barqaror rivojlanishi sohasida mutanosib yechimlarni topish uchun qo‘shma maydonchalar yaratishda ilmiy izlanishlarni birlashtirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
Memorandum imzolanishi milliy tahliliy salohiyatni mustahkamlash va mintaqaviy hamda jahon miqyosidagi strategik masalalarda ekspertlik hamkorligini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.