Voqealar
16.02.2026
|
148
MOXI va Afg‘oniston Strategik tadqiqotlar markazi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Joriy yil 9-fevral kuni Kobul shahrida Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) direktori Javlon Vaxabov Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Strategik tadqiqotlar markazi direktori doktor Abdul Xay Kanit bilan mas’ul idoralar vakillari va ekspertlar ishtirokida “davra suhbati” formatida uchrashuv o‘tkazdi.

Davra suhbati doirasida savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlikning holati va istiqbollari, jumladan, investitsiya, energetika, temiryo‘l hamda transport-logistika yo‘nalishlaridagi hamkorlik masalalari, shuningdek, O‘zbekiston va Afg‘oniston tahliliy markazlari o‘rtasida ekspertlik muloqotini mustahkamlash mexanizmlari muhokama qilindi.

MOXI direktori J. Vaxabov ikki mamlakat tahliliy markazlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, faol ekspertlik muloqoti ikki tomonlama hamkorlikni tahliliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash sifatini oshiradi, bu esa O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi munosabatlarni yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

MOXI direktori J. Vaxabov ikki mamlakat tahliliy markazlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, faol ekspertlik muloqoti tahliliy hamrohlik va ikki tomonlama hamkorlik sifatini oshirishga xizmat qilib, bu esa O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi munosabatlarni yanada chuqurlashtirishga ko‘maklashadi.

Doktor A.X. Kanit O‘zbekiston mintaqaviy tashabbuslarni ilgari surish va Markaziy Osiyodagi dolzarb masalalarni hal etishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida transport yo‘laklarini barpo etish kabi loyihalar savdo va tranzit uchun yangi imkoniyatlar ochishi hamda mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlashi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar MOXI va Afg‘oniston Strategik tadqiqotlar markazi o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, jumladan, qo‘shma tadbirlar o‘tkazish, ikki tomonlama amaliyotlarni tashkil qilish va tadqiqot tashriflari bo‘yicha almashinuvni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma tahliliy materiallar tayyorlash hamda muntazam ekspertlik muloqotini rivojlantirishga kelishib oldilar.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom