Voqealar
07.10.2026
|
365
MOXI va Britaniyaning ODI Global instituti ekspertlar muloqotini rivojlantirish bo‘yicha keyingi qadamlarni muhokama qildi
«Markaziy Osiyo – Buyuk Britaniya» tahliliy markazlarining birinchi forumi doirasida Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori Javlon Vaxabov Londondagi Buyuk Britaniyaning Xorijiy rivojlanish instituti (ODI Global) strategik maslahatlashuvlar bo‘yicha direktori va Global o‘zgarishlar geosiyosati markazi direktori Rebekka Nadin bilan uchrashdi.

Suhbat davomida tomonlar MOXI va ODI Global o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Birgalikdagi tadqiqotlarni amalga oshirish, ekspertlar almashinuvini kengaytirish hamda Forum yakunlari bo‘yicha amaliy tashabbuslarni hayotga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratildi.

J. Vaxabov bo‘lib o‘tgan Forum Markaziy Osiyo va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan barqaror ekspertlar muloqoti uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

R. Nadin Markaziy Osiyo va Buyuk Britaniya ekspertlari o‘rtasidagi bevosita va muntazam fikr almashinuvi mintaqada kechayotgan jarayonlarni chuqurroq anglash hamda yuqori va oliy darajalarda hamkorlikning yanada mazmunli kun tartibini shakllantirish imkonini berishini qayd etdi.

Xususan, tomonlar Forum natijalarini Buyuk Britaniyaning tegishli davlat idoralari, parlament a’zolari, moliya institutlari va ishbilarmon doiralari orasida ilgari surish mexanizmlarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha muntazam ishchi aloqalarni davom ettirish hamda Forum doirasida ilgari surilgan g‘oya va takliflarni amaliy jihatdan amalga oshirishga birgalikda ko‘maklashish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom
Savolingiz bormi? AI Maslahatchi
IICA
IICA Virtual Assistant
Onlayn