M.Kukkonen-Karlanderning so‘zlariga ko‘ra, Martti Ahtisaari Tinchlik Fondi, sobiq Finlyandiya prezidenti Marti Ahtisaari tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, tinchlikni tiklash va mojarolarni hal etish sohasida 25 yillik tajribaga ega. Ushbu tashkilot dunyoning turli mintaqalarida, xususan, Afrika va Osiyoda, Yaqin Sharq va Koreya yarim orolida muloqot va hamkorlikni rivojlantirish ustida faol ishlamoqda.

Finlyandiyalik ekspertlar, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan faol ravishda ilgari surilayotgan yaxshi qo‘shnichilik va ochiq muloqot siyosati mamlakatlar o‘rtasida ishonchni mustahkamlash, farovonlik va barqarorlik uchun sharoit yaratish hamda mavjud muammolarni birgalikda hal qilishga hissa qo‘shayotganini ta’kidladi.

Ushbu sa’y-harakatlar, xavfsizlikni mustahkamlash va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha xalqaro kun tartibida aks etmoqda va davlatlar o‘rtasida pragmatik va konstruktiv hamkorlikning ahamiyatini ko‘rsatmoqda.

Shu o‘rinda, M. Kukkonen-Karlander yaqinda Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi chegaraviy masalalarni muvaffaqiyatli hal qilishni yuqori baholadi. Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, ushbu yutuq tinch yo‘l bilan hal qilish borasida muhim bir misol bo‘lib, boshqa mintaqalar uchun ham namunaga aylanishi mumkin.
Xalqaro tinchlikni tiklash tashkiloti shunga o‘xshash tinchlik jarayonlarini ilgari surishda ishonchini bildirar ekan, Markaziy Osiyoda barqaror tinchlik va barqarorlikni saqlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini tasdiqladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish va Markaziy Osiyoda ishonch, xavfsizlik va barqaror rivojlanishni mustahkamlashga hissa qo‘shadigan birgalikdagi tashabbuslar ustida ishlash niyatlarini tasdiqladilar.