Uchrashuv doirasida ikki yetakchi tahliliy markaz o‘rtasida rasmiy hamkorlikni boshlab bergan O‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Mazkur hujjat ilmiy-ekspertlik hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, o‘zaro tashriflarni tashkil etish, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, tahliliy materiallar almashish, shuningdek, xalqaro munosabatlar va mintaqaviy tadqiqotlar sohasida mutaxassislar almashinuv dasturlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.
Imzolash marosimida so‘zga chiqqan Javlon Vaxabov Hindiston xalqaro munosabatlar kengashi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish muntazam ekspertlar almashinuvi va professional hamkorlikni chuqurlashtirish uchun mustahkam asos yaratishini ta’kidladi.
O‘z navbatida, Nutan Kapur Maxavar Markaziy Osiyo Hindiston tashqi siyosatida muhim o‘rin tutishini qayd etdi.
Shuningdek, u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari va siyosati tufayli mintaqada ishonch va konstruktiv hamkorlik muhitining shakllanganligini, bu esa ekspertlar aloqalarini kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochib berayotganligini alohida ta’kidladi.
Imzolangan hujjat Kengashning O‘zbekiston tahliliy markazlari bilan tuzgan to‘rtinchi bitimi bo‘lib, bu mintaqaning xalqaro muloqotdagi ortib borayotgan ahamiyatini aks ettiradi.
Hindiston xalqaro munosabatlar kengashi — tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar sohasida faoliyat yurituvchi Hindistonning yetakchi davlat tadqiqot markazi bo‘lib, mamlakat tashqi siyosatini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.