Suhbatda tahliliy ishlar, ilmiy tadqiqotlar va kadrlar tayyorlash sohalarida amaliy aloqalarni o‘rnatish va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Diplomat University rahbariyati universitetning asosiy ta’lim yo‘nalishlarini taqdim etdi, jumladan xalqaro munosabatlar, jahon iqtisodiyoti, axborot texnologiyalari va ingliz filologiyasi dasturlari.
Alohida e’tibor institutlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlik masalalariga qaratildi. Uchrashuv ishtirokchilari stajirovkalarni tashkil etish, qo‘shma ilmiy-tahliliy tadbirlar, mahorat darslari va ekspertlar muhokamalari o‘tkazish, shuningdek, ilmiy maqolalar va tadqiqot materiallarini tayyorlash istiqbollari yuzasidan takliflar almashdilar.
Uchrashuv yakunida ikki institut o‘rtasidagi muloqotni davom ettirishga qiziqish bildirilgani, analitik baholar almashinuvini kuchaytirish va ekspertlik hamkorligini chuqurlashtirishga, akademik va ilmiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni ishlab chiqish muhimligi ta’kidlandi.
Diplomat University — 2021-yilda tashkil etilgan nodavlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Universitet o‘quv dasturlariga 12 ta bakalavriat va 4 ta magistratura yo‘nalishi kiradi, jumladan xalqaro munosabatlar, jahon iqtisodiyoti, axborot texnologiyalari va ingliz filologiyasi.