Uchrashuvda siyosiy jarayonlar, mintaqaviy dinamikalar va zamonaviy xalqaro tendensiyalar bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar, amaliy tahliliy materiallar tayyorlash, gumanitar va madaniy loyiha hamkorliklari, akademik almashinuv va tadqiqot stajirovkalarini tashkil etish kabi turli formatlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, fundamental va amaliy ilmiy yondashuvlarni uyg‘unlashtirish, intеrdistsiplinar dialogni rivojlantirish hamda Markaziy Osiyo va qo‘shni mintaqalarning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ekspert baholarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida MOXI va Sharqshunoslik Instituti o‘rtasida Barqaror va uzoq muddatli hamkorlikka zamin yaratadigan Anglashuv Memorandumi imzolandi. Hujjat institutlararo integratsiya, bilim almashinuvi va ilmiy-tadqiqot sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish orqali Yevroosiyo makonini chuqur o‘rganish va muvozanatli, ekspert qarorlar ishlab chiqishga bo‘lgan umumiy intilishlarni aks ettiradi.