Uchrashuv davomida Markaziy Osiyo va Shimoliy Yevropa o‘rtasida suv resurslarini boshqarish sohasida hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, ikki mintaqa tahliliy markazlari o‘rtasidagi ekspertlik aloqalarini mustahkamlash va kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Kamilla Sultonova suv xavfsizligini ta’minlashda institutsional qo‘llab-quvvatlash va idoralararo muvofiqlashtirish muhim rol o‘ynaydigan Finlyandiya tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Ta’kidlanganidek, suv resurslarini boshqarish masalalari, ayniqsa iqlim o‘zgarishi sharoitida, xalqaro siyosatning muhim omillaridan biriga aylanmoqda. Ushbu sohada boshqaruv texnik yechimlar bilan bir qatorda diplomatik hamkorlikni ham talab etadi.
Tomonlar kelgusidagi tadbirlarni, jumladan, turli mavzudagi konferensiyalar, ekspertlar uchrashuvlari va suv diplomatiyasi sohasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ta’lim tashabbuslarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar ekspertlik muloqotini rivojlantirish va suv diplomatiyasi hamda suv resurslarini barqaror boshqarish sohasida hamkorlikni kengaytirishga bo‘lgan o‘zaro qiziqishni tasdiqladilar.