O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Voqealar
02.09.2026
|
320
MOXIda Markaziy Osiyo geosiyosati bo‘yicha ilmiy-tadqiqot instituti ekspertlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Markaziy Osiyo xalqaro institutida (MOXI) Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon universitetining Markaziy Osiyo geosiyosati bo‘yicha ilmiy-tadqiqot instituti (MOGITI) direktori Xan Szyun boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda 2026-yil iyul oyida MOXI delegatsiyasining Urumchiga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilish jarayonini muhokama qilindi. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi masalalar, Markaziy Osiyodagi joriy jarayonlar hamda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ta’lim va ekspertlik sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat avvalida ishtirokchilarga Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikning zamonaviy jarayonlari, “Markaziy Osiyo plyus” formatlarining rivojlanishi, shuningdek, tahliliy va ilmiy-tadqiqot markazlarining mazkur jarayonlardagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.

O‘z navbatida, direktor Xan Szyun mintaqa mamlakatlari faol transformatsiya davrini boshdan kechirayotganini, bu esa o‘zaro ishonchning mustahkamlanishi va hamkorlikning institutsional mexanizmlari rivojlanishida namoyon bo‘layotganini ta’kidladi.

MOGITI ekspertlari Xitoy hukumati Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni rivojlantirish va “Markaziy Osiyo – Xitoy” formatini ilgari surishga katta ahamiyat qaratishini qayd etdilar.

Sian va Ostona shaharlarida o‘tkazilgan sammitlarning muvaffaqiyatli yakunlari natijasida nisbatan qisqa muddat ichida mazkur mexanizmning institutsional hamda normativ-huquqiy asoslari shakllantirildi.

Shuningdek, MOGITI va MOXI o‘rtasidagi ekspertlar hamkorligini kengaytirish imkoniyatlari, jumladan, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, mutaxassislar almashinuvi va ekspertlar muloqotini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish hamda ko‘p tomonlama platformalar doirasidagi sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha faol ishlarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

2026-yil iyul oyida Urumchi shahrida MOXI va Shinjon universitetining Markaziy Osiyo geosiyosati bo‘yicha ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma tadqiqotlar va ekspertlik tadbirlarini o‘tkazish, tahliliy materiallar almashish, shuningdek, ta’lim va ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi Hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom