Tomonlar strategik sheriklikni yanada mustahkamlash va oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi. Siyosat va xavfsizlik, savdo va investitsiyalar, texnologiyalar, ta’lim va madaniyat sohalaridagi hamkorlik faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Kengaytirilgan strategik sheriklik muloqotining yo‘lga qo‘yilishi muhim qadam bo‘ldi. Uning birinchi yig‘ilishi yakunida kosmosni tinch maqsadlarda o‘zlashtirish bo‘yicha «Artemida kelishuvlari» imzolandi.
Iqtisodiyot sheriklikning asosiy tayanchlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Yil boshidan buyon o‘zaro savdo hajmi 35 foizga oshdi, Biznes va investitsiya kengashining joriy yig‘ilishi doirasida esa $12 milliardlik yangi kelishuvlarga erishildi. Strategik ahamiyatga ega minerallar, energetika, transport, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari sifatida qayd etildi.
Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi hamda oliy darajada o‘tkaziladigan bo‘lajak tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.
Batafsil: https://president.uz/ru/lists/view/9750