Tadbirda Yevropa va AQShning Vashington universiteti, Sent-Endryus universiteti, Fransiya geosiyosat instituti, Madisondagi Viskonsin universiteti, Bremen universiteti, Venetsiyadagi Ka-Foskari universiteti va Frankfurt-Mayn shahridagi Gyote universiteti kabi yetakchi ta’lim va tadqiqot muassasalarining yosh tadqiqotchilari va talabalari ishtirok etdi.
Javlon Vaxabov o‘z nutqining avvalida tinglovchilarga MOXI faoliyati, uning mintaqaviy tadqiqotlarni rivojlantirishdagi roli, shuningdek, ko‘p tomonlama muloqotga ko‘maklashish va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ustuvor ilmiy yo‘nalishlari haqida so‘zlab berdi.
Markaziy Osiyodagi davlatlararo o’zaro hamkorlikning asosiy tendensiyalari, mintaqaviy munosabatlarning bugungi holati va qo‘shma xalqaro tashabbuslarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Shu nuqtayi nazardan, "Markaziy Osiyo+" tashabbusi, shu jumladan Ozarbayjonning ushbu formatdagi ishtiroki hamda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi yakunlari ko‘rib chiqildi.
Ushbu mexanizmlar doirasida qo‘shma loyihalar amalga oshirilayotganligi, mintaqaviy muloqot mustahkamlanib, hamkorlikni institutsionallashtirish jarayoni davom etayotganligi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida bo‘lib o‘tgan ochiq fikr almashuvida ishtirokchilar Markaziy Osiyoni mintaqaviy rivojlantirish masalalari bo‘yicha kelgusidagi o’zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.