O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Voqealar
03.09.2026
|
252
MOXIda mintaqada giyohvandlik vositalar savdosining yangi tendensiyalari va tahdidlari muhokama qilindi
Joriy yilning 25-avgust kuni MOXIda «Giyohvandlik vositalar savdosi Markaziy Osiyo mintaqaviy xavfsizligiga transchegaraviy tahdid sifatida» mavzusida Ilmiy-ekspert kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tegishli vazirlik va idoralar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida Markaziy Osiyoda narkotik tahdidlarning o‘zgarishiga oid asosiy tendensiyalar ko‘rib chiqildi. Ishtirokchilar narkotik moddalar savdosi mintaqaviy xavfsizlikka asosiy tahdidlardan biri bo‘lib qolayotganini, an’anaviy tranzit yo‘nalishlari bilan bir qatorda sintetik giyohvandlik vositalarni mahalliy ishlab chiqarishning roli ham ortib borayotganini ta’kidladilar.

Profilaktika ishlarini raqamli muhitga moslashtirish, jumladan yoshlar bilan ishlashning zamonaviy shakllarini rivojlantirish hamda profilaktik kontentni tarqatishda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar giyohvandlik vositalar savdosiga qarshi kurashishning milliy va mintaqaviy mexanizmlarini yanada takomillashtirish, davlatlararo hamkorlikni mustahkamlash hamda profilaktik choralarni rivojlantirish muhimligini ta’kidladilar.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom