Suhbat davomida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari, shuningdek, ekspert hamkorligini mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuv boshida qozogʻistonlik diplomat Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari oʻrtasida yuqori darajadagi oʻzaro ishonch qaror topganini qayd etdi. Uning taʼkidlashicha, bu ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish uchun qulay sharoit yaratmoqda.
Shu nuqtai nazardan, mintaqa davlatlari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarga kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqish muhimligi taʼkidlandi.
Ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha amaliy takliflar ishlab chiqishga qaratilgan qoʻshma ekspert tadbirlarini oʻtkazish amaliyotini davom ettirish muhimligi alohida qayd etildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar muntazam muloqotni qoʻllab-quvvatlash va amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishdan oʻzaro manfaatdor ekanini bildirdi.