Muallif bu yondashuv aniq loyihalarda yaqqol namoyon bo‘layotganini ta’kidlaydi. Birinchi atom elektr stansiyasining qurilishi Rossiya bilan munosabatlarni uzoq muddatga mustahkamlaydi. O‘zbekiston eng yirik savdo sherigiga aylangan Xitoy bilan aloqalarda xomashyo eksporti o‘rniga sanoat kooperatsiyasiga ustuvor ahamiyat bermoqda. Jizzaxdagi qo‘shma avtomobil zavodi buning bir misoli bo‘lib, korxona mahsulotlari qo‘shni mamlakatlarga ham yetkazib berilmoqda. Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li esa mamlakatni yakuniy manzildan tranzit davlatga aylantirmoqda.
Muallif AQSH bilan sheriklikni investitsiyalar, texnologiyalar va loyihalarni moliyalashtirishning yuqori standartlariga ega bo‘lish imkoniyati bilan bog‘laydi. O‘zbekiston bilan keng qamrovli strategik sheriklik o‘rnatgan Turkiya esa mamlakat uchun Kavkaz va Yevropaga yo‘l ochadi. Natijada tashqi aloqalar alohida bitimlardan tashqarida ham o‘z qiymatini saqlaydigan uzoq muddatli aktivlarga aylanmoqda.
Maqola yakunida Adam Blanko O‘zbekistonni jaz ansamblidagi bas-gitarachiga qiyoslaydi — “sahnadagi eng baland ovozli cholg‘u emas, balki boshqalar ergashadigan sur’atni belgilovchi cholg‘u”.
Batafsil: https://nationalinterest.org/blog/silk-road-rivalries/how-uzbekistan-sets-the-diplomatic-tone-for-central-asia