Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
08.11.2026
|
112
Qardosh Ozarbayjon xalqini G‘alaba kuni bilan tabriklaymiz!
8-noyabr kuni Ozarbayjon G‘alaba kunini nishonlaydi. Olti yil avval mamlakatning hududiy yaxlitligi tiklandi. Bu kun Ozarbayjon xalqi uchun birdamlik va milliy g‘urur timsoliga aylandi.
Bugun ozod etilgan hududlarda keng ko‘lamli tiklash ishlari olib borilmoqda. O‘zbekiston ham bu ishlarga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Fuzuliy shahrida bunyod etilgan maktab qardoshlik ko‘magi va xalqlarimiz o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik rishtalarining ramziga aylandi.
Ozarbayjon xalqiga tinchlik, farovonlik va ravnaq tilaymiz!