Tomonlar Markaziy Osiyo mintaqasida suv resurslarini boshqarishning hozirgi holati, shuningdek ushbu sohada hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Yanush-Pavletta O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarishda amalga oshirilayotgan siyosatni yuqori baholab, hozirgi suv va ekologik xavf-xatarlar sharoitida uning muhimligi hamda samaradorligini ta’kidladi.
Uchrashuv davomida suv xo‘jaligi sohasida mintaqaviy o’zaro hamkorlik masalalari, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy tashabbuslardagi ishtirokini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, ikki tashkilot o‘rtasida ekspertlik hamkorligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar suv resurslarini barqaror boshqarishda sheriklikni yanada mustahkamlash va qo‘shma ilmiy-ekspertlik loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.