Voqealar
19.06.2025
|
199
MOXIda Yevrosiyoning yangi arxitekturasini shakllantirishda Markaziy Osiyoning o‘rni haqida Oliy iqtisod maktabi professori ma’ruza o‘qidi
Markaziy Osiyo Xalqaro Institutida (MOXI) Rossiyaning Milliy tadqiqot universiteti “Oliy iqtisod maktabi” (HSE University) Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti huzuridagi Yevropa va xalqaro kompleks tadqiqotlar markazi (CCEIS) ilmiy rahbari, professor Timofey Bordachyovning mintaqaviy hamkorlik va Rossiya hamda Markaziy Osiyo o‘rtasidagi sheriklik istiqbollari mavzusidagi ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu ma’ruza ekspertlar, yosh tadqiqotchilar va talabalar orasida katta qiziqish uyg‘otdi hamda barqaror rivojlanish va mintaqaviy hamkorlik masalalarida ochiq professional muloqot muhimligini yana bir bor tasdiqladi.

Tadbir davomida tashqi siyosiy kun tartibi doirasidagi o‘zaro aloqalar xususiyatlari ko‘rib chiqildi hamda Markaziy Osiyoning mintaqaviy va xalqaro munosabatlar tizimidagi muhim o‘rni alohida qayd etildi. Muhokamalarda rivojlanishning asosiy tendensiyalari, barqarorlikni ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot masalalari va hudud mamlakatlarining iqlim, suv resurslari, demografiya, ta’lim va innovatsiya kabi ustuvor muammolarni mustaqil hal qilishdagi roli muhokama qilindi.

Alohida e’tibor global tartibning yangi yo‘nalishlari va zamonaviy o‘zgarishlarning uzoq muddatli strategik maqsadlarga ta’siriga qaratildi. Shu doirada, ta’lim, gumanitar hamkorlik, ijtimoiy barqarorlik, raqamli transformatsiya, “yashil” texnologiyalar va mehnat migratsiyasini tartibga solish bo‘yicha birgalikda yondashuvlarni ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

Ma’ruza davomida Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari vakillari o‘rtasidagi ekspert almashinuvi, hamkorlik institutlarini rivojlantirish va strategik masalalar bo‘yicha muntazam muloqot platformalarini yaratish muhimligi alohida qayd etildi.

Tadbir Rossiya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari, yangi ekspertlik muloqoti formatlari, institutsional aloqalarni mustahkamlash va mintaqaviy sheriklikni rivojlantirishga xizmat qiladigan mazmunli muhokama maydoniga aylandi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom