Tadbir Markaziy Osiyo xalqaro instituti va Koreya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi tomonidan tashkil etildi.
Forumda Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasining yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari, diplomatik korpus va ilmiy jamiyat vakillari, shuningdek, professorlar, o‘qituvchilar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etdilar.
Tadbir ishtirokchilari Koreya va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildilar va 2026-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Markaziy Osiyo – Koreya” shaklidagi birinchi sammit yuzasidan fikr almashdilar.
MOXI direktori Javlon Vaxabov forumning ochilish marosimida so‘zga chiqib, ilk ko‘p tomonlama platformalardan biri bo’lgan va 2007-yilda yo‘lga qo‘yilgan “Markaziy Osiyo–Koreya Respublikasi” formati muntazam muloqot hamda o‘zaro kelishilgan yondashuvlarni ilgari surishga xizmat qiluvchi samarali mexanizm ekanligini ta’kidladi.
Mazkur formatdagi hamkorlik barcha tomonlar uchun sezilarli iqtisodiy manfaat keltirmoqda. J. Vaxabov ta’kidlaganidek, so‘nggi o‘ttiz yil davomida Koreya va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi savdo hajmi 35 baravarga ko‘payib, 200 million dollardan 9 milliard dollargacha yetdi, umumiy sarmoyalar miqdori esa 4 milliard dollardan oshdi.
“Bugun biz Koreya bilan hamkorligimizni yanada yuqori bosqichga olib chiqishga tayyormiz. Kelgusi yilda tarixda ilk bor "Markaziy Osiyo - Koreya" sammiti bo‘lib o‘tadi. Ushbu muhim voqea o‘zaro hamkorligimizda yangi sahifa ochib, chinakam yuqori darajadagi muloqot va sheriklik platformasini yaratadi,” – deya ta’kidladi MOXI direktori.
O‘z navbatida, Koreya Respublikasi elchisi Von Do Yeon Markaziy Osiyo asrlar davomida Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab sivilizatsiyalar o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘taganligini va bugungi kunda bu tarixiy rol yangicha ahamiyat kasb etayotganligini ta’kidladi. Bunday sharoitda Seulning Markaziy Osiyo davlatlari bilan strategik sherikligining ahamiyati ortib bormoqda. Koreya Elchisi hamkorlik ko‘p darajali yondashuv asosida qurilayotganligini, bu yerda siyosiy darajadagi o‘zaro hamkorlikdan tashqari, parlamentlar, biznes, ilmiy doiralar va fuqarolik jamiyati ishtirokidagi tashabbuslar munosabatlarni mustahkamlashda muhim o’rin egallashini ta’kidlab otdi.
Janubiy Koreyadagi Keymyung universiteti dotsenti Byun Hyunsobu Koreya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlik katta istiqbolga egaligini aytib o’tdi. Mutaxassis fikricha, tomonlar asosiy e’tiborni muhim minerallar, energetika, ilg‘or ishlab chiqarish, raqamli transformatsiya, shuningdek, inson kapitalini rivojlantirishga qaratishlari kerak.
Ibn Xaldun universiteti ilmiy xodimi Eldaniz Guseynov Markaziy Osiyodagi kuzatilayotgan jarayonlarga e’tibor qaratib, mintaqaga boshqa davlatlar tomonidan qiziqish ortib borayotganligini va yangi iqtisodiy markazga aylanib borayotganligini ta’kidladi. Koreya yetakchi texnologik davlat sifatida mintaqaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shib mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikning yangi mexanizmlarini shakllantirishi mumkun.
Shu munosabat bilan KOTRA direktor o‘rinbosari An Sunxun “platformaviy savdo modeli”ni rivojlantirish istiqbollariga e’tiborni qaratdi. Unga ko‘ra, mazkur mexanizm bozor talabini bir joyga jamlash, xarajatlarni kamaytirish va barqaror ishlab chiqarish hamda savdo zanjirlarini shakllantirishga yordam beradi. Mutaxassis agrotexnologiy va biotibbiyot yo‘nalishlarida platformalarni rivojlantirish salohiyatiga alohida e’tibor qaratdi.
Qirg‘izistondagi Davlat siyosati va boshqaruvi instituti ilmiy xodimi Ablay Dosmaganbetov Markaziy Osiyoda kam uglerodli energiya manbalariga o‘tish tendensiyasi kuzatilayotganligini ta’kidladi. Mutaxasiss so‘zlariga ko‘ra, kam uglerod izi qoldiradigan energiya manbalariga sarmoyalar hajmi besh baravar oshdi, bu esa barqaror rivojlanishga qiziqish ortib borayotganligini ko’rsatadi.
Koreyadagi Xanyang universiteti Osiyo-Tinch okeani tadqiqot markazi eksperti Yun Youngmin Markaziy Osiyoda energetika tarmog‘ini modernizatsiya qilish sohasida Koreya bilan hamkorlik istiqbollarini qayd etdi. Koreyaning texnologik tajribasi, jumladan, atom va qayta tiklanadigan energiya sohasidagi ilg‘or yechimlari mintaqada yanada barqaror, samarali va xavfsiz energiya tizimini rivojlantirishga hissa qo‘shishi mumkin.
Qozog‘istonlik urbanizatsia, energetika va ekologik barqarorlik bo‘yicha mutaxassis Daulet Baxitjan Markaziy Osiyoning Koreya bilan shaharsozlik va “aqlli shaharlar” texnologiyalar sohasidagi hamkorligini istiqbolli yo‘nalish sifatida belgilab, ular mintaqani modernizatsiya qilish uchun kuchli manba bo‘lishini ta’kidladi.
“Data 24” kompaniyasi direktori Li Bekxi ta’kidlaganidek, sun’iy intellekt iqtisodiy rivojlanishning asosiy vositasiga aylanmoqda. Mutaxassis Markaziy Osiyo mamlakatlari tili, madaniyati va iqtisodiyotiga moslashtirilgan aniq mintaqaviy vazifalar uchun sun’iy intellekt yechimlarini joriy etishga qaratilgan “Small AI” konsepsiyasini taqdim etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish barcha mamlakatlardan o‘zlarining ma’lumotlar markazlarini rivojlantirishni, shuningdek, malakali mutaxassislarni tayyorlashni talab qiladi.
Markaziy Osiyoning jahon iqtisodiyotiga jadal integratsiyalashuvi va aholi uchun yangi imkoniyatlar yaratilishi, Markaziy Osiyodagi Amerika universiteti o‘qituvchisi Xiradmand Sheraliyev ta’kidlaganidek, ilg‘or texnologiyalar almashinuvi, qo‘shma ta’lim tashabbuslari, shuningdek, Koreya kompaniyalari ishtirokidagi raqamli loyihalarni rag‘batlantirishi mumkun.
Bo‘lib o‘tgan forum Markaziy Osiyo mamlakatlari va Koreya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga katta qiziqish va yuqori salohiyat mavjudligini tasdiqladi.
Ishtirokchilar ekspertlik muloqotlarni davom ettirish, barqaror sheriklik va uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.