Voqealar
13.01.2026
|
249
MOXIda Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI)da Institut direktori Javlon Vaxabovning Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasining (XIFA) Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti (RSHEMOI) direktori o‘rinbosari Jin Zhe boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zbek-xitoy hamkorligining asosiy yo‘nalishlarini, shuningdek “Markaziy Osiyo – Xitoy” formati doirasida o‘zaro aloqalarni chuqurlashtirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Javlon Vaxabov yuqori va oliy darajadagi diplomatik faollikning ortib borayotganligini inobatga olib ikki mamlakatning tahliliy markazlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish zarurligini ta’kidladi.

Tadqiqotchilarni muntazam almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, shuningdek o‘zaro manfaatli dolzarb yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib borishga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida suhbatdoshlar ilmiy hamkorlikni davom ettirishga, shuningdek, qo‘shma tashabbuslarni ishlab chiqish va ilgari surish maqsadida ekspertlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga o‘zaro tayyorliklarini bildirdilar.

Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasining maxsus ilmiy-tadqiqot bo‘linmasi bo‘lib, Yevrosiyodagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-gumanitar jarayonlarni o‘rganishga ixtisoslashgan.

MOXI va RSHEMOI o‘rtasida 2022-yilda Hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, 2024-yilda esa belgilangan tashabbuslarni amalga oshirishga qaratilgan Qo‘shma harakatlar rejasi imzolangan.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom