Davra suhbati keng doiradagi tashkilotlar vakillarini birlashtirdi, jumladan, amerikalik tahlilchilar va ilmiy tadqiqot markazlari, ommaviy axborot vositalari, akademik hamjamiyat va rasmiy tuzilmalar vakillari.

Ishtirokchilar orasida RAND korporatsiyasi, Stimson markazi, Amerika tashqi siyosat kengashi, Hudson instituti, Atlantika kengashi kabi tashkilotlar va POLITICO, Bloomberg, The Hill kabi nashrlarning mutaxassislari, AQSh Kongressi, Davlat departamenti, Mudofaa departamenti va Vashingtonda akkreditatsiyadan o‘tgan bir qator davlatlarning elchixonalaridan xodimlar ishtirok etishdi.

Tadbirda Markaziy Osiyo Xalqaro Instituti (MOXI) direktori Javlon Vahabov O‘zbekistonning tashqi siyosat yo‘nalishlari bo‘yicha batafsil ma'ruzasi bilan ishtirok etdi, mamlakatning yaxshi qo‘shnichilik, mintaqaviy o‘zaro bog‘lanish prinsiplari, shuningdek, asosiy xalqaro hamkorlar bilan amaliy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini ta’kidladi.
Davra suhbatini Milliy manfaatlar markazining katta ilmiy xodimi Endryu K. Kuchins olib bordi.
Davra suhbatida ishtirokchilar mintaqaviy xavfsizlik, transport bog‘lanishlari, energiya, suv resurslari, Afg‘oniston bilan hamkorlik, shuningdek, "Markaziy Osiyo – AQSh" formatida va Toshkent tomonidan xalqaro arenada ilgari surilayotgan tashabbuslar kabi masalalarga katta qiziqish bildirishdi.

Milliy manfaatlar markazi (CFTNI) mustaqil tahlil markazi bo‘lib, 1994 yilda sobiq AQSh prezidenti Richard Nikson tomonidan tashkil etilgan. U AQSh tashqi siyosatida strategik realizm tamoyillarini ilgari suradi, xalqaro munosabatlar va mamlakatning milliy manfaatlariga pragmatik yondashuvni ta’kidlaydi.