Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
08.05.2023
|
62
Tojikiston Prezidenti Bog‘ bayrami munosabati bilan xalqqa Murojaatnoma yo‘lladi
Prezident o‘z murojaatida ta’kidlaganidek: “Navro‘z, Mehrgon, Tirgon bayramlari bilan bir qatorda, qish mavsumida nishonlanadigan Bog‘ bayrami ham tojik xalqi madaniyatida munosib o‘rin egallaydi.

Ushbu kun o‘zining qadimiyligi va chuqur falsafiy ahamiyatiga qaramay, uzoq yillar mobaynida turli omillar ta’sirida o‘z ahamiyatini yo‘qotib boshlagan edi. Biroq, mamlakat mustaqilligi sharofati bilan qayta tiklandi va rasmiy milliy bayram maqomiga ega bo‘ldi.

Bugungi kunda Bog‘ bayrami ajdodlarning madaniy merosi sifatida, milliy mentalitet va o‘zlikni anglash ajralmas qismiga aylandi.

Mazkur ayyom o‘ziga xos ramziy ma’noga ega bo‘lib, uning tub mohiyati issiqlikning sovuq ustidan, yorug‘likning zulmat ustidan, yaxshilikning yomonlik ustidan g‘alabasidir.

Sababi yorug‘lik va issiqlik borliqning davom etishi, barcha mavjudotlarning omon qolishi va tiriklikning saqlanib qolishi uchun asos sifatida qaraladi.

Shuningdek, E.Rahmon o‘tgan yilda dehqonlarning fidokorona mehnatlari tufayli mo‘l hosildorlikka erishilgani, ichki iste’mol bozoridagi mo‘l-ko‘lchilik ularning tinimsiz mehnati samarasi ekanini ta’kidladi.

Bundan tashqari, ayni paytda oziq-ovqat  mahsulotlari yetarli bo‘lgani bois, barqaror narxlar saqlanib qolmoqda. Tojikiston aholisi isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymagan holda, bayramlar, urf-odat va marosimlarni tartibga solish to‘g‘risidagi qonun talablariga rioya qilishi zarur.

Zero, har bir oila farzandlar tarbiyasi va ta’lim-tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratadi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom