Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SМТI), O‘zbekistondagi Xitoy korxonalari Savdo-sanoat palatasi va Xitoy xalqaro muammolar akademiyasi ham forumda hamkorlar hisoblanadi.
Forumda ikki davlatning yetakchi tahliliy markazlari, vazirlik va idoralar vakillari, shuningdek, Xitoyning O‘zbekistondagi kompaniyalari rahbarlari ishtirok etadi.
Joriy yilning 23-25 yanvar kunlari bo‘lib o‘tgan tadbir natijalari muhokama qilinadi. O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muzokaralari.
Davlat rahbarlari tomonidan imzolangan Qoʻshma bayonotda “yangi davr uchun har qanday ob-havo sharoitida, keng qamrovli strategik sheriklik” oʻrnatilishi eʼlon qilindi. Tashrif doirasida 15 ta hukumatlararo, idoralararo va hududlararo bitimlar tuzildi. Xitoy banklari tomonidan loyihalarni moliyalashtirishni kengaytirish, Eksport-import bankining O‘zbekistonda vakolatxonasini ochish va Ipak yo‘li jamg‘armasi bilan yangi Investitsiya platformasini yaratish bo‘yicha qarorlar qabul qilindi. Infratuzilmani rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasi dasturlarini kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Anjuman davomida strategik sheriklikni chuqurlashtirish, sanoat va hududlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston ishbilarmon doiralari va Xitoyning mamlakatimizdagi yetakchi kompaniyalari vakillarining chiqishlarida amalga oshirilayotgan loyihalarning ijtimoiy samarasi masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Konferensiya ishtirokchilari asosiy yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va uning ikki mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta’sirini kuchaytirish bo‘yicha takliflar bilan chiqishadi.