Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik, hamkorlik va sheriklik munosabatlarining bugungi holati va istiqbollariga oid qator masalalar muhokama qilindi.
Shu bilan birga, Dushanbe shahrida o‘z ishini boshlaydigan Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokama qilindi.
O‘tgan yili o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 504 million dollardan oshganiga to‘xtalar ekan, bu ko‘rsatkichni bir necha barobar oshirish uchun imkoniyat va resurslar mavjudligi ta’kidlandi. Shu nuqtai nazardan, sanoat, qishloq xo‘jaligi va energetika sohalarida hamkorlikni kengaytirish, jumladan, “yashil energiya” ishlab chiqarish va “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirishga katta e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ilmiy-texnikaviy, madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirish yo‘llarini ko‘rib chiqish suhbatning asosiy mavzularidan biri bo‘ldi.