Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
07.05.2024
|
138
Markaziy Osiyo maxsus xizmatlari rahbarlari Farg'onada uchrashdi
Farg'onada O'zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov, Qirg'iziston Vazirlar Mahkamasi raisining o'rinbosari – Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi raisi Kamchibek Tashiyev, Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi raisi Soyomin Yatimov uchrashdi.
Terrorizm, ekstremizm, giyohvand moddalar savdosi, noqonuniy migratsiya, kontrabanda va boshqa transchegaraviy tahdidlarga qarshi kurash kabi dolzarb sohalardagi hamkorlikning holati va istiqbollari to'g'risida fikr almashildi.
Muhokamalar natijasida Qirg'iziston-Tojikiston chegarasini delimitatsiya qilish va O'zbekiston-Qirg'iziston chegarasini demarkatsiya qilish jarayonlarini tezlashtirish to'g'risida kelishuvga erishildi.
Batafsil ma'lumot: https://kun.uz/kr/40044390