Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
26.07.2024
|
55
O‘zbekiston tomonidan Qozog‘istonga Sirdaryo orqali kelishilgandan ko’p suv jo’natildi
1 apreldan buyon O‘zbekiston Qozog‘istonga Sirdaryo orqali 3,9 mlrd m3 suv jo‘natgan. Oldinroq, olti oy davomida 3,7 milliard m3 suv jo‘natish kelishilgan bo‘lsa, O‘zbekiston tomoni buni muddatidan oldin yakunladi.
Bundan tashqari, sug'orish muddati tugagunga qadar qariyb 1 milliard m3 suv jo'natish kutilmoqda. Bu chora-tadbirlar Qozog‘istonning janubiy viloyatlari fermerlarining ehtiyojlarini qondirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Shardara suv omborini to‘ldirish ham o‘tgan yilga nisbatan 689 million m3 ga oshdi. Suv omboriga jami 3,9 milliard m3 suv keldi.
Shardara suv omboridan Sirdaryoning quyi oqimiga 3,6 milliard m3, shuningdek, Qizilqum kanaliga 700 million m3 dan ortiq, Shimoliy Orol dengiziga 400 million m3 dan ortiq suv yuborilgan.