Simpozium davomida 11-oktyabrda Ashxobodda Maxtumquli yubileyi doirasida o‘tkazilgan "Zamonlar va sivilizatsiyalarning o‘zaro bog‘liqligi – tinchlik va taraqqiyot asosi" xalqaro forumining natijalari muhokama qilinadi. Shoirning adabiy merosi, shuningdek, Maxtumqulining falsafiy va siyosiy qarashlari, ularning jamiyatdagi voqea-hodisalar, davlat boshqaruvi va davlatlar mustaqilligini mustahkamlashga ta’siri ko‘rib chiqiladi.
Markaziy Osiyo xalqaro instituti va O‘zbekistondagi Turkmaniston elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan qator davlatlarning elchilari, rasmiylar, O‘zbekiston va Turkmanistonning ekspert-tahlil va ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari ishtirok etadilar.