Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
13.02.2025
|
194
Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo sammiti 3-4 aprel kunlari Samarqandda boʻlib oʻtadi
Yevropa Ittifoqi rahbarlari, jumladan Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Kosta va Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Leyen, 2025-yil 3-4-aprel kunlari Samarqandda boʻlib oʻtadigan birinchi Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo sammitida ishtirok etadilar.

Sammit Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida va Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston hamda Turkmaniston rahbarlarining ishtirokida oʻtkaziladi.

Kun tartibida transport va raqamli oʻzaro bogʻliqlik, strategik xom ashyo, iqtisodiyot va xavfsizlik, shuningdek, ekologik toza va samarali energiya manbalariga oʻtish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoning ikkinchi yirik savdo hamkori va eng yirik investoridir, uning ulushi mintaqadagi barcha investitsiyalarning 40% dan ortigʻini tashkil etadi.

Sammit ushbu hamkorlikni mustahkamlash va mintaqaning barqaror rivojlanishiga hissa qoʻshishga qaratilgan.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom