Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
21.04.2025
|
388
Chunqindan Markaziy Osiyoga birinchi muntazam yuk poezdi jo‘natildi
20-aprel kuni Xitoyning janubi-g‘arbidagi Chunqin shahridan O‘zbekistonga birinchi muntazam yuk poezdi yo‘lga chiqdi. Poezd mahalliy ishlab chiqarilgan poliester granulalarini yetkazadi.

Xinhua axborot agentligining xabariga ko‘ra, ushbu yo‘nalishda har oyda ikki marotaba muntazam reyslar amalga oshiriladi. Bu loyiha Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi logistik hamkorlikni mustahkamlashda va "Bir kamar, bir yo‘l" tashabbusini rivojlantirishda muhim qadamdir.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom