Anonslar
11.06.2025
|
825
MOXIda “Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy merosining Markaziy Osiyo xalqlari do‘stligini mustahkamlashdagi ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi
2025 yil 13 iyun kuni Toshkentdagi Markaziy Osiyo Xalqaro Institutida (MOXI) Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiyning adabiy merosining mintaqada xalqlar o‘rtasida do‘stlik va madaniy muloqotni mustahkamlashdagi o‘rniga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi.

Anjumanda MOXI, Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro jamoat fondi, O‘zbekiston va Tojikiston yozuvchilar uyushmalari, Markaziy Osiyo davlatlarining yetakchi universitetlari va ilmiy-tadqiqot markazlari, diplomatik missiyalar, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmanistondan taniqli adabiyotshunoslar, madaniyat arboblari, ilmiy va ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etadi.

Anjuman dasturida ochilish marosimi, tematik sessiyalar, ijodiy dastur, hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar imzolash, adabiy merosning mintaqada gumanitar aloqalar va millatlararo hamjihatlikni rivojlantirishdagi ta’siri bo‘yicha ilmiy fikr almashinuvi nazarda tutilgan.

Mazkur anjuman Markaziy Osiyoning buyuk mutafakkirlarining boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish va yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim tadbirlar silsilasida muhim voqea bo‘ladi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom