Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
22.07.2025
|
275
Transafg‘on temir yo‘li 5 yil ichida qurilishi mumkin – O‘zbekiston Transport vazirligi
Loyiha O‘zbekiston va butun mintaqa eksport yo‘llarini kengaytirish uchun strategik ahamiyatga ega. Loyihaning dastlabki qiymati 4,6 mlrd dollar deb baholanmoqda.
Uzunligi 647 km bo‘lgan Transafg‘on temir yo‘li O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokistonni bog‘lab, Arab dengizi portlariga eng qisqa yo‘lni ochadi. Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, qurilish 5 yilgacha davom etishi mumkin, texnik-iqtisodiy asos (TIA) esa 6 oyda ishlab chiqilishi rejalashtirilgan. Dastlabki bosqichda temir yo‘l yiliga 3 mln tonnagacha yuk tashishga qodir bo‘ladi, 2040 yilga kelib bu ko‘rsatkich 15–20 mln tonnagacha oshishi mumkin.
Loyiha O‘zbekiston va butun mintaqa eksport yo‘llarini kengaytirish uchun strategik ahamiyatga ega.