Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
20.08.2025
|
249
Qirg‘iziston Prezidenti O‘zbekiston Prezidentining Administratsiyasi rahbarini qabul qildi
20-avgust kuni Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevani qabul qildi.

Muloqot chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, madaniy-gumanitar va ta’limiy aloqalarni mustahkamlash yo‘nalishlari muhokama qilindi. Ta’kidlandiki, ikki mamlakat rahbarlarining sa’y-harakatlari bilan qirg‘iz-o‘zbek munosabatlari strategik sheriklik ruhida izchil rivojlanmoqda.

Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning salomlarini va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Shuningdek, yoshlar siyosatini rivojlantirish muhimligi qayd etilib, Bishkekda o‘tkazilgan «Zakovat» intellektual o‘yini ikki mamlakat yoshlari o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida Prezident Sadir Japarov Saida Mirziyoyevaga mas’uliyatli davlat faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom