Uchrashuvning asosiy maqsadi – strategik sheriklik va ittifoqchilikni rivojlantirish, tarmoq loyihalarini chuqurlashtirish hamda barqaror taraqqiyot va uzoq muddatli hamkorlikka xizmat qiladigan mintaqalararo bogʻliqlikni kuchaytirishga doir amaliy takliflarni ishlab chiqishdir.
Tadbirda davlat idoralari vakillari, diplomatik korpus, yetakchi tahliliy markazlar va ikki mamlakat ilmiy hamjamiyati vakillari ishtiroki kutilmoqda.
Konferensiya dasturi uchta oʻzaro bogʻliq va strategik jihatdan muhim yoʻnalishni qamrab oladi: mintaqaviy va xalqaro kun tartibi boʻyicha siyosiy muloqot va strategik hamkorlikni mustahkamlash; iqtisodiyot, energetika, transport, taʼlim, fan, madaniyat va turizm sohalarida hamkorlik istiqbollarini kengaytirish; Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz oʻrtasida mintaqalararo bogʻliqlikni mustahkamlash, jumladan Oʻrta koridor va logistika masalalari.