Asosiy tezislar:
«Hozirgi bosqichda o‘zbek-xitoy hamkorligi mintaqaning barqaror rivojlanishiga va SHHT doirasidagi sheriklikni kuchaytirishga xizmat qiluvchi pragmatik va muvozanatli hamkorlik modeliga aylanmoqda».
«SHHT xalqaro hamkorlikning talab yuqori bo‘lgan modeliga aylanmoqda. Bu mavjud tuzilmalar uchun chaqiriq emas va kuchga emas, balkimuloqotga asoslangan yangi va adolatli jahon tartibiga ehtiyojlarga javobdir».
«O‘zbekiston uchun markaziy ustuvorlik — Markaziy Osiyoning SHHT yadrosi sifatidagi rolini mustahkamlashdir. Bizning mintaqa Tashkilot davlatlarini bog‘lovchi muhim ko‘prikka aylandi».
«O‘zbekiston uchun SHHT shunchaki tashqi siyosiy maydon emas, balki milliy manfaatlarni amalga oshirish, xavfsizlik, iqtisodiy o‘sish va barqaror taraqqiyotni ta’minlash vositasidir».
«Biz SHHT kelajagini iqtisodiy integratsiyani mustahkamlash, transport infratuzilmasini rivojlantirish, “yashil” tashabbuslarni ilgari surish, raqamli transformatsiya va gumanitar hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan ko‘p qirrali platforma sifatida ko‘ramiz».
«Mamlakatimiz tajribasi shuni ko‘rsatadiki, global noaniqlik sharoitida ham samarali hamkorlik va gumanitar almashinuv mexanizmlarini shakllantirish mumkin».
Prezident Mirziyoyev ta’kidlashicha, O‘zbekiston SHHTni Yevrosiyoda tinchlik, barqarorlik va farovonlikka xizmat qiluvchi mas’uliyatli va inklyuziv mexanizm sifatida mustahkamlashga faol hissa qo‘shishda davom etadi.