Anonslar
26.09.2025
|
235
Markaziy Osiyo xalqaro institutida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Shartnoma imzolanganining 20 yilligi nishonlanadi
2025-yil 26-sentabr kuni Markaziy Osiyo xalqaro institutida (MOXI) «O‘zbekiston va Rossiya Markaziy Osiyodagi hamkorligining istiqbolli yo‘nalishlari» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tadi.

Rossiya Strategik tadqiqotlar instituti (RSTI) bilan hamkorlikda tashkil etiladigan ushbu tadbir O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Shartnoma imzolanganining 20 yilligiga bag‘ishlanadi.

Davra suhbati davomida ikki davlat ekspertlari O‘zbekiston–Rossiya hamkorligining dolzarb masalalari yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini almashadilar, Markaziy Osiyoda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qiladilar hamda qo‘shma loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadilar.

Tadbir doirasida iqtisodiy hamkorlik, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, energetika va transport sohalaridagi aloqalar, mehnat migratsiyasini tartibga solish, ilm-fan va ta’lim, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, ko‘p tomonlama formatlardagi hamkorlik masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Muhokamalarda MOXI va RTSI ekspertlari, shuningdek, ikki mamlakatning ilmiy-tadqiqot muassasalari, tahliliy markazlari va akademik doira vakillari ishtirok etadi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom