Anonslar
30.09.2025
|
337
Toshkentda “Markaziy Osiyo – AQSh” tahliliy markazlari birinchi forumi bo‘lib o‘tadi
2025-yil 1-oktabr kuni Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI)da “Markaziy Osiyo va AQSh” mavzusida tahliliy markazlar birinchi forumi bo‘lib o‘tadi.

Tadbir “Markaziy Osiyo – AQSh” hamkorlik formati tashkil etilgaligining 10 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, mintaqalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha fikr almashish va amaliy takliflar ishlab chiqish maqsadida ilk bor o‘tkazilmoqda.

Tadbir Vashingtonning yetakchi tahliliy muassasalari - Kaspiy siyosati markazi va "Meros" jamg‘armasi, shuningdek, Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi, Amerika-Qirg‘iziston va Amerika-Tojikiston ishbilarmonlar kengashlari hamkorligida tashkil etilmoqda.

Forum doirasida hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, jumladan, savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar va ilg‘or texnologiyalar masalalari, yashil energetikani rivojlantirish, strategik muhim minerallardan foydalanish hamda madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Forumda AQSh va Markaziy Osiyo davlatlaridan tahliliy markazlar, davlat idoralari hamda xususiy tashkilotlar rahbarlari va vakillarining ishtiroki kutilmoqda.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom