Asosiy tezislar:
✅ har yili oliy darajadagi uchrashuvlarni, hukumatlar, vazirlik, idora va mintaqalarning muloqotlarini muntazam ravishda o‘tkazib borish;
✅ 2027-yilgacha bo‘lgan Qo‘shma harakatlar rejasi qabul qilish;
✅ hukumatlarimizga amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan kengaytirilgan “yo‘l xaritasi”ni tayyorlash;
✅ birgalikda qabul qilingan qaror va loyihalar ijrosini tezlashtirish uchun hukumat rahbarlari o‘rinbosarlari darajasida Muvofiqlashtiruvchi kengash ta’sis etish;
✅ tovar ayirboshlashni ko‘paytirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish jarayonlarini yengillashtirish maqsadida “Markaziy Osiyo – Rossiya agroekspressi” loyihasini ishga tushirish;
✅ avtomobil, temir yo‘l va aviatsiya aloqalari sohasida milliy dasturlarni uyg‘unlantirish uchun mamlakatlarimiz Transport-logistika konturini ishlab chiqish;
✅ Buxoro shahrida ilg‘or muhandislik yechimlarini ishlab chiqish va joriy etishga qaratilgan “Markaziy Osiyo – Rossiya" sanoat injiniring xabini tashkil etish;
✅ Toshkentda o‘tkaziladigan “Innoprom. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmali forumiga mintaqaning asosiy sanoat va innovatsiya maydoni maqomini berish;
✅ atom energetikasi yo‘nalishida Mintaqaviy kompetensiyalar markazini O‘zbekistonda tashkil etish, shuningdek, Moskva davlat muhandislik-fizika institutining Toshkent filiali negizida Kadrlar tayyorlash dasturini qabul qilish;
✅ “Markaziy Osiyo va Rossiya energetik sherikligi” kompleks dasturini ishlab chiqish,
✅ uglevodorodlarni qidirish va qayta ishlash, energiya tejovchi va “yashil” texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish;
✅ Innovatsiyalar sohasida mamlakatlarimizda “Skolkovo” markazi filiallarini ochish;
✅ Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar bo‘yicha Mintaqaviy ekspert kengashini ta’sis etish;
✅Markaziy Osiyo va Rossiya xalqlari madaniyati, san’ati va ijodiyoti festivali – Etnomadaniyat forumini har yili o‘tkazib borish;
✅ “Kelajak muhandislari” ilmiy-ta’lim konsorsiumini tashkil etish;
✅ Markaziy Osiyo va Rossiyadagi yosh tadqiqotchilar va olimlar uchun Maxsus grantlar dasturini birgalikda ta’sis etish;
✅ onalik va bolalikni muhofaza qilish, mehnat migratsiyasi sohasida ijtimoiy moslashuvga ko‘maklashish dasturlarini qabul qilish;
✅ mintaqaviy yo‘nalishlar asosida sayyohlik oqimini kengaytirish;
✅ Terrorizm, ekstremizm, radikalizm, uyushgan jinoyatchilik, odam savdosi va narkotrafiklarga qarshi kurashda maxsus xizmatlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yaqin hamkorligini yana-da kengaytirish;
✅ Yangi kibertahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikda chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
✅ Afg‘oniston bilan hamkorlikni rivojlantirish va ushbu mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy ettirishga ko‘maklashish bo‘yicha yondashuvlarni muvofiqlashtirish maqsadida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi maslahatlashuvlarni o‘tkazish.
Batafsil: https://president.uz/uz/lists/view/8558