Anonslar
10.11.2025
|
153
2025-yil 10-noyabrda Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida "Yangi Markaziy Osiyo: madaniyat, ta’lim va ilm-fan orqali birgalikda rivojlanish va farovonlikka erishish yo‘li" maxsus sayd-ivent bo‘lib o‘tadi.
Tadbir Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) tomonidan BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi (MOPDMM) bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Sayd-ivent doirasida Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning asosiy masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan. Shu bilan birgalikda davlat rahbarlarining 7-Maslahat uchrashuvida O‘zbekiston raisligining ustuvor yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratiladi.

Bundan tashqari, qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish, ilg‘or tajriba almashish va yagona madaniy-gumanitar makonni shakllantirish orqali madaniyat, ta’lim, fan va turizm sohalarida amaliy hamkorlik qilish istiqbollariga to‘xtalib o‘tiladi.

Forum ishtirokchilari YUNESKOning ta’lim, fan va madaniyat sohalarida qo‘shma loyihalarni ilgari surishda asosiy xalqaro hamkor sifatidagi roli va hissasini muhokama qiladilar.

Tadbirda davlat hokimiyati organlari, xalqaro tashkilotlar, ekspertlar va ilmiy hamjamiyat vakillari, Markaziy Osiyo mamlakatlari diplomatlari va tadqiqotchilari, shuningdek, YUNESKO va BMT hamkorlari ishtirok etadi.

Sayd-ivent mintaqada gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tajriba almashish, o‘zaro anglashuvni mustahkamlash va qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish uchun muhim maydonga aylanishi kutilmoqda.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom