Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
16.11.2025
|
88
16 - noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Sammit avvalida davlatimiz rahbari Ozarbayjon Maslahat uchrashuvlari formatiga to‘la huquqli a’zo sifatida qo‘shilganini e’lon qildi. O‘zbekiston Prezidenti yangi formatdagi mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi.

Asosiy tezislar:

✅ Hamjihatlik va umumiy taraqqiyot sari intilishning kuchayishi Markaziy Osiyoning xalqaro munosabatlar subyekti sifatidagi maqomini mustahkamlash va global miqyosdagi rolini oshirish;

✅ Uchrashuvlarimizni mintaqaviy muloqotning maslahat shaklidan “Markaziy Osiyo hamjamiyati” strategik formatiga aylantirish;

✅ Formatimiz institutsional va tashkiliy asoslarini izchil mustahkamlashni nazarda tutadigan Maslahat uchrashuvlari to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish; 

✅ Rotatsiya asosida faoliyat yuritadigan Kotibiyatni ta’sis etish, milliy muvofiqlashtiruvchilar maqomini Prezidentlarning maxsus vakillari darajasiga ko‘tarish;

✅ Boy hayotiy tajriba va obro‘-e’tiborga ega jamoat arboblaridan iborat Oqsoqollar kengashini tuzish;

✅ Savdo hajmlarini sezilarli darajada oshirish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha 2035 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan keng qamrovli mintaqaviy dasturini ishlab chiqish va qabul qilish;

✅ Keng mintaqamizda yagona investitsiya muhitini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida yaqin istiqbolda umumiy investitsiya makoni to‘g‘risidagi deklaratsiyani qabul qilish;

✅ Bizning yondashuvlarimizni uyg‘unlashtirish, virtual savdo maydonchalari va ishonchli raqamli to‘lov tizimlarini yaratishni yengillashtirish imkonini beradigan Elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish;

✅ “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li, Transafg‘on transport yo‘lagi qurilishi, shuningdek, Transkaspiy yo‘laklari kengaytirish kabi yirik loyihalarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish uchun mamlakatlarimiz bosh vazirlari o‘rinbosarlari darajasida Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha kengash tashkil etish;

✅ Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik konsepsiyasi, shuningdek, Tahdidlar va xavflar katalogini qabul qilish;

✅ Har yili xalqaro anjuman tashkil etish;

✅ Markaziy Osiyoni “yashil” rivojlantirish konsepsiyasini qabul qilish;

✅ 2026–2036 yillarni “Markaziy Osiyoda suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy harakatlar o‘n yilligi” deb e’lon qilish;

✅ Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bazasida Suv xo‘jaligi sohasida kompetensiyalar mintaqaviy markazini tashkil etish;

✅ O‘zbekistonda kelgusi yilda Suvni tejash bo‘yicha butunjahon forumini o‘tkazish;

✅ Ma’naviy meros va ma’rifatparvarlik g‘oyalariga bag‘ishlangan Xalqaro kongressni har yili, formatimizda raislik qiluvchi mamlakatda o‘tkazib borish;

✅ Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining mintaqamiz taniqli olim va mutafakkirlarining global ma’rifatparvarlik rivojiga qo‘shgan hissasiga bag‘ishlangan Maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish;

✅ Davlatlararo ilmiy loyihalarni moliyalashtirish, akademik hamjamiyatni rag‘batlantirish, mintaqaning intellektual salohiyatini mustahkamlash uchun Ilmiy tadqiqotlar jamg‘armasini tashkil etish.

 

Batafsil: https://president.uz/oz/lists/view/8674 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom