O‘zbekiston Prezidenti energetikani rivojlantirishning yangi yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi.
Asosiy tezislar:
✅ Barcha tarmoq va hududlar uchun ishonchli va uzluksiz energiya ta’minotini yo‘lga qo‘yish;
✅ Energiya ta’minotini zamonaviy, ekologik toza va qayta tiklanuvchi muqobil manbalar hisobidan amalga oshirish;
✅ Yiliga 15 mingta transformator ishlab chiqaradigan “Angren energo” hamda 155 ta gidroagregat tayyorlab beradigan “Uzhydopower” korxonalari ishga tushirish;
✅ O‘zbekiston aholisining yillik elektr energiya iste’moli to‘liq qoplash imkoniyatini beradigan “yashil” energiya ishlab chiqarish hajmini 23 milliard kilovatt-soatga yetkazish.
✅ Toza energiya hisobiga tabiiy gaz sarfini salkam 7 milliard kub metrga kamaytirish, atmosferaga 11 million tonna zararli moddalar chiqishining oldi olish;
✅ 2030-yilgacha qo‘shimcha 17 ming megavattdan ortiq qayta tiklanuvchi energiya quvvatlarini ishga tushirish.
✅ Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlarida qiymati 3 milliard 300 million dollar bo‘lgan 3,5 ming megavattli “yashil” quvvatlarni ishga tushirish.
✅ Yuqori kuchlanishli 6 ming kilometr tarmoqlar tortish orqali yangi quvvatlarni yaratish.
✅ Elektr energiyasini ishlab chiqarish, balki uni iste’molchilarga yetkazib berish va elektr tarmoqlarini boshqarishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalarni jalb etish;
✅ Ustanovleniye solnechnix stansiy moshnostyu 107 megavatt na territorii 300 maxalley, chto otkroyet dostup k “zelyonoy” energii dlya 30 tisyach maloobespechennix semey;
✅ 300 ta mahalla hududida 107 megavattli quyosh stansiyalarini o‘rnatish hisobiga 30 mingta kambag‘al oilaga “yashil” energiya kirib borishini ta’minlash;
✅ 65 megavattli kichik va mikro GESlar barpo etish hisobiga 80 mingta xonadonda elektr ta’minoti tubdan yaxshilash;
✅ 2035-yilgacha zararli gazlar emissiyasini 50 foizga qisqartirish;
✅ Jahon banki bilan dunyoda ilk innovasion “ICRAFT” loyihasini amalga oshirishni davom ettirish;
✅ Kelgusi ikki yilda “yashil” energiya bo‘yicha xalqaro sertifikatlar tizimiga o‘tgan yirik sanaot korxonalarining sonini 100 taga yetkazish;
✅ Mintaqamizning gidroenergetika salohiyatidan samarali foydalanib, birgalikda boshqarish maqsadida Qirg‘iziston va Qozog‘iston bilan “Qambar-ota GES-1” loyihasini moliyalashtirish.
Batafsil: https://president.uz/oz/lists/view/8751